O‘simliklar karantini agentligi inspektori pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
13 aprel 3735 1 daqiqa
Toshkent shahrida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektori 20 mln so‘m pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bredi.
Qayd etilishicha, inspektor o‘z xizmat mavqeini suiste’mol qilgan holda noqonuniy boylik orttirmoqchi bo‘lgan. Xususan, u Toshkent shahrida yashovchi, 1995 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli 7 turdagi, jami 187 dona qadoqda bo‘lgan mineral o‘g‘it mahsulotlarini “Navoiy” chegara bojxona posti orqali o‘tkazib berganligi evaziga 20 mln so‘m talab qilgan.
Mazkur noqonuniy harakat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fosh etilgan. Inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini poytaxtning Olmazor tumani hududida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida tanishini o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan mansabdor 2 ming dollar bilan ushlangan edi.
Live
Barchasi