Sirdaryoda sudya 3600 dollar pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
14 aprel 4104 1 daqiqa
Sirdaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi 3,6 ming dollar pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi E. S. o‘z ish yurituvidagi iqtisodiy ishni kassatsiya instansiyasida Guliston shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ foydasiga hal qilib berishni va’da qilgan.
Shundan so‘ng, u o‘zining yordami evaziga evaziga 3600 dollar talab qilgan va pullarni qabul qilib olgan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyating Pastdarg‘om tumanida sudya pora bilan qo‘lga tushgandi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
Barchasi