O‘zbekiston Xitoyga qancha gaz eksport qilgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

O‘zbekiston joriy yil yanvar-sentyabr oylarida taxminan 629,8 million dollarlik tabiiy gazni quvir orqali Xitoyga eksport qildi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasiga tayanib, TASS xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Rossiya Xitoyga mazkur resursni yetkazib beruvchilar orasida yetakchi o‘rinni egallamoqda. Xitoyga 7,29 milliard dollarlik hajmda gazni eksport qilgan.

Rossiyadan so‘ng Xitoyga ushbu resursni yetkazib beruvchilar ro‘yxatida Turkmaniston joylashgan. U uzoq yillar davomida katta farq bilan birinchi o‘rinni egallab kelardi. Biroq, yanvar-sentyabr oylarida Turkmanistondan Xitoyga quvur gazi yetkazib berish 12,7% ga kamayib, 6,46 milliard dollarni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Myanma (1,18 milliard dollar), Qozog‘iston (854,7 million dollardan ortiq) va O‘zbekiston (taxminan 629,8 million dollar) kelmoqda.

Keyingi yillarda Xitoy bojxonasi boshqa davlatlardan xarid qilinayotgan quvur gazining jismoniy hajmini e’lon qilmay kelmoqda.

Xitoy Xalq Respublikasi Bosh bojxona boshqarmasi statistikasiga ko‘ra, 2024 yilda Xitoy quvur gazini 21,1 milliard dollarlik hajmda import qilgan – bu 2023 yilga nisbatan 8,6% ga ko‘p. Rossiyadan amalga oshirilgan yetkazib berish esa 25% ga oshib, 8,03 milliard dollarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya O‘zbekistonga gaz , jumladan, suyultirilgan tabiiy gaz ko‘rinishida ham, yetkazib berish hajmini oshirish katta istiqbollarga ega ekanini ko‘rayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

gaz O'zbekiston Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing