O‘zbekiston va Qirg‘iziston hal qiluvchi bahsga kirishadi

Sport

image

Bugun, 5 sentyabr soat 19:30 da futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalari o‘rtasida hal qiluvchi baxs bo‘lib o‘tadi. CAFA Nations Cup doirasidagi 3-tur o‘yini do‘stona raqobatga to‘la bo‘lishi aniq.

Ikkinchi bor tashkillashtirilgan CAFA Nations Cup ikki guruhga bo‘lingan holda o‘tkazilmoqda. Bir guruhning o‘yinlari O‘zbekistonda bo‘layotgan bo‘lsa, ikkinchisiniki Tojikistonda bo‘lib o‘tmoqda. Yakunda ikki guruhda yuqori ochko to‘plagan jamoalar finalda o‘ynashadi.

"A" guruhida Qirg‘iz Respublikasi, Ummon, Turkmaniston va O‘zbekiston bo‘lsa, "B" guruhida esa Eron, Tojikiston, Hindiston va Afg‘oniston. "B" guruhida Eron 6 ochko to‘plab peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, "A" guruhida O‘zbekiston hamda Ummon terma jamoalarida bir hil 4 ochkodan mavjud.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yangi qurilgan "Olimpiya" stadionida o‘z muxlislari qarshisida maydonga tushadi. Bu uchrashuv nafaqat guruh taqdirini, balki O‘zbekiston milliy terma jamoasinning turnirdagi keyingi yurishini ham belgilab berishi mumkin. O‘zbekiston futbolchilari uchun bu bahs — o‘z maydonida g‘alaba qozonib, muxlislarga bayram tuhfa etish imkoniyati. Qirg‘iziston esa raqib maydonida kurashuvchanligini ko‘rsatishga urinadi.

Jahongir Boltaboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston CAFA Nations Cup

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing