O‘zbekistonda odamlarni 3,6 mlrd so‘mga “uxlatgan” shaxs Turkiyada qo‘lga olindi

3-sahifa

image

Firibgarlik yo‘li bilan jami 3 mlrd 607 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyada ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tezkor-qidiruv departamenti hamda mamlakatning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi bilan hamkorlikda tezkor-qidiruv tadbirlari olib borilgan. Natijada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblangan fuqaro Turkiya Respublikasi hududida qo‘lga olingan.

1980 yilda tugilgan mazkur shaxs 10 nafardan ortiq fuqaroga yuk tashuvchi transport vositasini olib berishni va’da qilib, firibgarlik yo‘li bilan jami 3 mlrd 607 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni qo‘lga kiritgan.

2023 yildan buyon Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan qidiruvga e’lon qilingan fuqaroning Turkiya Respublikasi Istanbul shahrida yashirinib yurgani aniqlanib, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olingan va O‘zbekistonga qaytarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston qidirayotgan “Gryaz” Turkiyada qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing