O‘zbekistonlik muxlislarning yarmidan ko‘pi AQSH vizasini ololmadi
Sport
−
10 iyun 5072 1 daqiqa
O‘zbekistonlik futbol muxlislarining yarmidan ko‘pi Jahon chempionatiga tashrif buyurish uchun AQSH vizasini olish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mundialda ishtirok etayotgan mamlakatlar muxlislarining katta qismiga viza rad etilgan yoki sayohat cheklovlari sababli turnirga borish imkoniyati cheklangan.
Ma’lumotlar 2024 yil oktyabridan 2025 yil sentyabr oyi oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab olgan. Shu sababli so‘nggi sakkiz oy ichida ariza topshirgan muxlislar hisobga kiritilmagan. Tahlilda 11 ta mamlakat – Ekvador, Misr, Gaiti, Jazoir, O‘zbekiston, Kabo-Verde, Iordaniya, Eron, Kongo Demokratik Respublikasi, Gana va Senegal ro‘yxatga kiritilgan.
Tahlillarga ko‘ra, eng yuqori rad etish ko‘rsatkichi Senegalga to‘g‘ri kelgan. Bu mamlakat fuqarolarining taxminan 80 foiz viza so‘rovlari rad etilgan. Keyingi o‘rinlarda Gana va Kongo Demokratik Respublikasi fuqarolari turadi. Shuningdek, o‘zbekistonlik muxlislarning ham yarmidan ko‘pi viza olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi joriy yilning 18 iyun kuni Kolumbiya terma jamoasiga qarshi Jahon chempionatidagi dastlabki uchrashuvini o‘tkazadi. Ushbu bahs Toshkent vaqti bilan tonggi soat 07:00 da Meksikadagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, terma jamoa 23 iyun kuni Portugaliya bilan, 27 iyun kuni esa Kongo Demokratik Respublikasi bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi