O‘zbekistonning raqibi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi

Sport

image

Kecha, 10 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Portugaliya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Unda portugallar Nigeriyani 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Portugaliyaning Leyriya shahrida bo‘lib o‘tgan bahs mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. G‘olib jamoa safida Pedru Netu 23-daqiqada, Fransishku Konseysau esa 75-daqiqada gol urdi. Nigeriyaning yagona goliga 37-daqiqada Akor Adams mualliflik qildi.

Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu ham maydonga tushdi va 65-daqiqada almashtirildi.

Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionatida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan. Ushbu terma jamoalar ishtirokidagi bahs joriy yilning 23 iyun kuni AQSHda bo‘lib o‘tadi.

Nigeriya esa, saralash bosqichidan o‘ta olmagani sababli mundialda ishtirok etmaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi mundial oldidan o‘tkazilgan ikki o‘rtoqlik uchrashuvida ham mag‘lubiyatga uchragandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing