Vinisius Ronalduning Chempionlar Ligasidagi rekordini takrorladi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior kecha, 11 mart kuni Chempionlar ligasida eng ko‘p golli uzatma berish bo‘yicha klub rekordini takrorladi. Bu haqda “Get Football” nashri xabar berdi.

Braziliyalik futbolchi 1/8 final bosqichida “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tgan “Manchester Siti”ga qarshi uchrashuvda Federiko Valverdening ikkinchi goliga assistentlik qildi.

Shu tariqa Vinisius “qirollik klubi” safida Chempionlar ligasida 31 ta golli uzatmaga mualliflik qildi va klubning avvalgi rekordi sohibi Krishtianu Ronaldu natijasiga tenglashdi.

E’tiborlisi, portugaliyalik futbolchi ushbu natijaga erishish uchun 101 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lsa, Vinisiusga buning uchun atigi 79 ta uchrashuv yetarli bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu 2009-2018 yillarda “Real Madrid” sharafini himoya qilgan. Vinisius Junior esa Madrid klubiga 2018 yilda qo‘shilgan.

“Real Madrid” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Vinisius Junior “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing