Yaponiyaliklar dengiz suvida tez eriydigan plastmassa ixtiro qildi
Texnologiya
−
05 iyun 2705 1 daqiqa
Yaponiyalik olimlar dengiz suvida soatlar ichida erishi mumkin bo‘lgan, okeanlarning ifloslanish muammosini hal qilishga yordam beradigan plastmassa ishlab chiqdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Fizika-kimyoviy tadqiqotlar instituti va Tokio universiteti olimlari juda tez parchalanadigan va hech qanday iz qoldirmaydigan plastmassani yaratdi.
“Tokio yaqinidagi Vako shahridagi laboratoriyada jamoa bir soat davomida aralashtirgandan so‘ng sho‘r suv solingan idishda kichik plastmassa bo‘lagi qanday g‘oyib bo‘lganini ko‘rsatdi”, deyiladi maqolada.
Loyiha rahbari Takuzo Aida ularning tadqiqotlari katta qiziqish uyg‘otganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu plastmassa neftga asoslangan plastmassa kabi kuchli va toksik emas, yonmaydi hamda karbonat angidrid chiqarmaydi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Atrof-muhit bo‘yicha dasturi 2040 yilga kelib plastik ifloslanish uch baravar oshishini bashorat qilmoqda, buning oqibatida har yili dunyo okeanlariga 23-37 million tonna chiqindilar kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy Fanlar akademiyasi olimlari 100 km uzoqlikdagi ob’ektlarni 1.7 mm aniqlikda ko‘ra oladigan yangi sun’iy yo‘ldosh kamerasini ixtiro qilgandi.