Yevropa bizga toza havo uchun pul to‘laydi – Lukashenko

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropa davlatlari kelajakda belarusliklarga toza havo uchun to‘lov qilishini aytdi. Bu haqda u bugun, 31 oktyabr kuni Berezinskiy biosfera qo‘riqxonasiga tashrifi chog‘ida so‘z ochdi.

Lukashenkoning aytishicha, Yevropa Belarusga mamlakatdagi o‘rmonlar va botqoqliklar saqlanib qolishi hisobiga hosil bo‘ladigan musaffo havo uchun pul to‘laydigan vaqt yaqin.

“Bu – kelajak. Biz buni asrashimiz kerak. Vaqti keladi, mana shu badbo‘y Yevropa bizga Xudo bergan boylikni asraganimiz uchun pul to‘laydi”, degan u.

Lukashenkoning bildirishicha, Yevropa Ittifoqida deyarli toza havo qolmagan. 

“Ular bizga to‘lash o‘rniga sanksiyalar bilan bo‘g‘moqda. Ammo bu o‘tadi, allaqachon o‘tmoqda ham. O‘ylaymanki, ular bizga buning uchun pul to‘laydigan vaqt uzoq emas”, deydi Belarus rezidenti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Belarusga xorijdan kelgan mehnat muhojirlari va ularning oila a’zolariga o‘z xalqidek munosabatda bo‘lishga chaqirgan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Evropa Aleksandr Lukashenko Berezinskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing