Lukashenko 100 dan ortiq siyosiy mahbusni ozod qildi (video)

Olam

image

Aleksandr Lukashenko Belarusda 2020 yilgi prezidentlik saylovlaridagi sobiq nomzod Viktor Babariko, uning saylov shtabi rahbari Mariya Kolesnikova hamda Nobel mukofoti sovrindori, huquq himoyachisi Ales Belyatskiy bilan birga yuzdan ortiq siyosiy mahbusni ozod qildi. Bu haqda Lukashenkoning matbuot xizmatiga tayanib, “Zerkalo” nashri xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu qaror AQSH 2021 yilda joriy etilgan Belarus kaliysiga nisbatan sanksiyalarni bekor qilganini e’lon qilganidan so‘ng qabul qilingan. Belarus rezidentining qaroriga ko‘ra, josuslik, terrorchilik va ekstremistik faoliyatda ayblanib sudlangan turli davlatlar fuqarolaridan iborat 123 kishi afv etilgan. Lukashenko administratsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bu “AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan erishilgan kelishuvlar doirasida va uning iltimosiga binoan” amalga oshirilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu qadam Belarus Respublikasining hamkor davlatlar bilan munosabatlarida ijobiy dinamikani tezlashtirish, shuningdek, Yevropa qit’asidagi vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tashlangan. Ozod etilgan 114 kishi Ukrainaga olib chiqilgan.

Kolesnikovaning yaqinlari u yaxshi ko‘rinishda ekanini va o‘zini yaxshi his qilayotganini aytgan. Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Belyatskiy ozod etilgach, majburan mamlakatdan deportatsiya qilingan. Surgunda bo‘lgan Belarus muxolifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayaning maslahatchisiga ko‘ra, barcha ozod etilganlar mamlakat hududini tark etgan va hozirda xavfsiz joyda.

OAV va huquq himoyachilariga ko‘ra, ozod etilganlar ro‘yxatiga siyosiy mahbuslar Ilya Knyazev, Aleksandr Feduta va Vyacheslav Papso, yurist Maksim Znak, huquq himoyachilar Valentin Stefanovich va Vladimir Labkovich, shuningdek, boshqa belarusliklar va xorijiy fuqarolar ham kirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bishkek shahridagi KXSHT sammitida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko jurnalistlar bilan suhbatda Qirg‘izistonning hokimiyatdan ag‘darilgan rahbari Qurmanbek Bakiyevning Minskdagi hayoti haqida gapirib, uni Qirg‘izistonning qochqindagi prezidentini bermasligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko Mariya Kolesnikova Ales' Belyatskiy siyosiy mahbus Viktor Babariko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing