Yunusobodda Cobalt “peshexod”dan o‘tayotgan piyodani urib yubordi

3-sahifa

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumanida Cobalt piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 18:30 da Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida 1988 yilda tug‘ilgan F.R. Cobalt rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida piyodaga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida Damas piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 4 kishini urib ketgani haqida xabar berilgan edi. Piyodalar hodisa tufayli olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Holat yuzasidan Sho‘rchi tumani IIB tomonidan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyodalar olgan tan jarohatlarining og‘irlik darajasini hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yunusobod Cobalt peshexod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing