“Zapravka”larda naqdsiz to‘lovlar tushumni qanchaga oshirgani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1 aprelidan transport vositalariga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida naqdsiz hisob-kitoblarga o‘tilganidan so‘ng kunlik tushumlar ko‘rsatkichi keskin oshdi. Bu haqda Markaziy bank xabar qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mart oyida jami o‘rtacha kunlik tushum 102,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Shundan, naqd pul orqali to‘lovlar jami tushumning 58,1 foiziga, naqdsiz to‘lovlar esa 41,9 foiziga to‘g‘ri kelgan. Aprel oyining ilk kunida ushbu ko‘rsatkich 93,2 mlrdga, 2 aprelda esa 152,6 mlrd so‘mga yetgan.

Bir kunlik naqdsiz tushumlarning qariyb 90 foizi amaldagi bank kartalari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ushbu to‘lovlar asosan QR-kodlar orqali amalga oshirilgan.

Shuningdek, naqdsiz to‘lov ko‘rsatkichlari 1-2 aprel kunlari quyidagicha bo‘lgan:

QR-kodlar orqali to‘lovlar:

  • 1 aprel: 8,2 mlrd so‘m;
  • 2 aprel: 7,7 mlrd so‘m.

Moment kartalar orqali:

  • 1 aprel: 1,6 mlrd so‘m;
  • 2 aprel: 3,6 mlrd so‘m (keskin o‘sish).

Yoqilg‘i kartalar orqali:

  • 1 aprel: 2,4 mlrd so‘m;
  • 2 aprel: 2,5 mlrd so‘m.

Mavjud bank kartalari orqali:

  • 1 aprel: 80,9 mlrd so‘m;
  • 2 aprel: 138,6 mlrd so‘m.

Ayni paytda banklar va to‘lov tashkilotlari tomonidan turli aksiyalar, keshbek dasturlari hamda yangi to‘lov usullari, jumladan, moment va maxsus kartalar faol joriy etilmoqda.

Shuningdek, Markaziy bank to‘lovlar yoki bank xizmatlari bo‘yicha savollar yuzaga kelganda, tegishli banklar va to‘lov tashkilotlarining aloqa markazlari orqali murojaat qilish mumkinligini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, moment kartalar darhol ishlatiladigan bank kartalari bo‘lib, ularni olgandan so‘ng hisob raqami yoki mablag‘ni kutmasdan darhol ishlatish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 1 apreldan e’tiboran transportlarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali aholiga neft-gaz mahsulotlarini sotish va elektrda harakatlanadigan transportlarni zaryadlash bo‘yicha xizmatlar naqd pulsiz amalga oshilrishi xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank kunlik tushum naqdsiz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing