Javohir Sindorov Nomzodlar turnirini mag‘lubiyatsiz yakunladi
Sport
−
15 aprel 4440 1 daqiqa
Bugun, 15 aprel kuni Kipr mezbonlik qilgan shaxmat bo‘yicha Nomzodlar turnirining so‘nggi bahslari bo‘lib o‘tdi. Unda turnirda muddatidan avval g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov xitoylik raqibi Vey I bilan durangga imzo chekdi.
Bahs atigi 10 daqiqa davom etdi va 32-yurishda ikkala shaxmatchi durangga rozi bo‘ldi. Ushbu natijadan so‘ng Javojir Sindorov ochkolarini 10 taga yetkazib oldi va turnirni mag‘lubiyatsiz yakunlagan ilk sportchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 14 aprel kuni Javohir Sindorov niderlandiyalik Anish Giri bilan durang o‘ynab musobaqadagi g‘alabasini muddatidan avval kafolatlagan edi. Endi u jahon toji uchun hindistonlik Gukesh bilan bahs olib boradi.
Qayd etish joiz, Javohir Sindorovning tarixiy natijasidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev unga qo‘ng‘iroq qilib, turnirdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.
Live
Barchasi