Jizzaxda qizlarni fohishalikka undagan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatida qizlarni fohishalikka undagan 29 yoshli shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zarbdor tumanida 1996 yilda tug‘ilgan shaxs yosh qizlarning ishonchidan foydalanib, Samarqand shahriga olib borgan va fohishalikka jalb qilgani aniqlandi.

Tezkor tadbir chog‘ida ushbu shaxs Jizzax shahrida yashovchi uch nafar va Zarbdor tumanida istiqomat qiluvchi bir nafar fuqaroni Samarqandga olib ketayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
 
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Shuningdek, jinoyatning barcha jihatlarini o‘rganish va aybdor shaxslarning qonuniy javobgarligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan 27 yoshli ayol qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

fohishalik Jizzax ushlandi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing