Habib qachon MMA’dagi faoliyatini butunlay yakunlashini aytdi

Sport

image

Sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Halil bilan suhbatda aralash yakkakurashlar (MMA) bilan bog‘liq faoliyatini qachon to‘liq yakunlashini ma’lum qildi. Shon-shuhrat zaliga kiritilgan sobiq jangchi professional janglarni yakunlagan bo‘lsa-da, hozirda top jangchilarni tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda.

Jangni tark etganiga qaramay, Habibning hayoti hali ham MMA bilan chambarchas bog‘liq. U murabbiylik faoliyati sportchilikdan ham murakkabroq ekanini tan olib, hozirda faoliyatining eng qiyin bosqichini boshdan kechirayotganini ta’kidladi:

“Axir, men butun umrimni qafasda o‘tkazdim. Endi esa men doimo undan tashqaridaman. Menga bu holat yoqmaydi, chunki ukalarim qafasda nima qilayotganini tomosha qilish, ularga faqat maslahat bera olish – bu juda og‘ir. Ular uchun o‘zim jang qilgandek his qilaman”, dedi Nurmagomedov.

Habibning so‘zlariga ko‘ra, u Islom Maxachev, Usmon Nurmagomedov va Umar Nurmagomedov o‘z jangovar faoliyatlarini yakunlagach, murabbiylikdan ham ketishni rejalashtirmoqda.
U 2020 yil oktyabr oyida UFC 254 turnirida Jastin Geydji mag‘lub etgach, faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Shuningdek, u chempion sifatida Dastin Pore va Konor Makgregorni ham mag‘lub etgan.

Ma’lumot uchun, Nurmagomedov hozirgi kunda murabbiy sifatida faoliyatini davom ettirib, UFC hamda PFL jangchilarini, jumladan Usmon Nurmagomedovni tayyorlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UFS’ning sobiq mutlaq chempioni, aralash jang san’ati yulduzi Habib Nurmuhamedov O‘zbekiston Aralash jang san’ati assotsiatsiyasi taklifiga binoan Toshkentga kelgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Habib Nurmagomedov MMA faoliyatini butunlay yakunlash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing