Chimayevning yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi – OAV
Sport
−
17 yanvar 8163 1 daqiqa
UFC chempioni Hamzat Chimayevning avtohalokatda vafot etgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda sportchiga yaqin manba – “Chechnya Segodnya” axborot agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Manbada aytilishicha, “Hamzat Chimayev hozirda Dubayda. YTH haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”.
Avvalroq, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovning korteji Grozniy shahrida og‘ir yo‘l-transport hodisasiga uchragani haqida xabar berilgan edi. Keyinchalik bu yo‘l-transport hodisasida chechenistonlik aralash yakkakurashlar jangchisi Hamzat Chimayev ham bo‘lganligi haqida xabarlar tarqaldi, biroq hozirda bu xabar rad yetildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning o‘g‘li Adam Qodirovning korteji juda yuqori tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan va to‘satdan to‘siqqa duch kelgan. Ayni paytda Chechenistonda kuzatilayotgan xavotirlarga aynan Qodirovning o‘g‘li ishtirokidagi ushbu YTH sabab bo‘lgani aytilmoqda.
“Fortanga” nashri xabariga ko‘ra, avtohalokatdan so‘ng Qodirovning o‘g‘li Rossiyaning Moskva shahridagi shifoxonaga olib ketilgan.