Haj va Umraga borish uchun navbatga onlayn yozilish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi va u orqali fuqarolar onlayn tarzda ziyoratga navbatga yozilishi mumkin. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xabar berdi.

Qayd etilishicha, talabgor fuqaro 2 xil usulda, ya’ni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali www.my.gov.uz va haj-umra.gov.uz sayti orqali elektron navbatga yozilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, portalni yaratishdan asosiy maqsad – Hajga boruvchilarga qulaylik yaratish, shaffoflikni ta’minlash va navbat shakllanishida inson omilini bartaraf etish, shu bilan birga, “Haj” safariga boruvchi fuqarolarning yagona elektron navbatini shakllantirish va ariza berishni elektron shaklga o‘tkazish, unga doir ma’lumotlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishdan iboratdir. 

“Aholimiz uydan chiqmasdan masofadan navbatga yozilish imkoniyati yaratildi, tashkilotlarga ovora bo‘lib borish, hujjatlar yig‘ish va qog‘ozbozlik kabi turli byurokratik jarayonlarga barham berildi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risida guvohnoma bo‘lgan taqdirda unga haj vizasi berilishi haqida bayonot e’lon qilgandi. Bu talab hojilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra onlayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing