Haj va Umraga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

Jamiyat

image

Haj va Umraga borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 24 yanvar kuni qabul qilingan 27-sonli “Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qarorida so‘z boradi. 

Qayd etilishicha, mazkur hujjat bilan respublikada “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirilgan. Endilikda ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilangan. 

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

  • 2026 yil 1 fevraldan boshlab – Haj tadbiriga;
  • 2026 yil 1 maydan boshlab – Umra tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.

Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistoni Haj va umra vazirligi “Haj – 2026” mavsumida ziyoratchida “Nusuk” platformasidan olingan tibbiy sog‘lomlik to‘g‘risida guvohnoma bo‘lgan taqdirda unga haj vizasi berilishi haqida bayonot e’lon qilgandi. Bu talab hojilar xavfsizligi va salomatligini ta’minlashga qaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Haj Umra portal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing