Hindiston va Xitoy 5 yil deganda aviaqatnovlarni tikladi

Olam

image

COVID pandemiyasi davrida Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar to‘xtatilgan bo‘lib, bunga Ladakx hududida yuz bergan bir qator qurolli to‘qnashuvlar ham ta’sir ko‘rsatgan. Hindiston deyarli besh yillik tanaffusdan so‘ng Xitoy bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri qatnovlarni qayta tikladi. Bu haqda “The Times of India” xabar berdi.

Qayd etilishicha, IndiGo aviakompaniyasining ilk reysi kecha, 26 oktyabr kuni kechqurun Kalkuttadan parvoz qilib, Guanchjou shahriga qo‘ngan. Samolyot bortida 176 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

Kutilishicha, joriy yilning 10 noyabridan boshlab Osiyodagi eng yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lgan IndiGo Dehlidan Guanchjouga ham qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Shuningdek, China Eastern Airlines 9 noyabrdan Shanxay-Dehli yo‘nalishidagi reyslarni qayta tiklaydi.

Qayd etish joiz, COVID pandemiyasi vaqtida Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlar to‘xtagan va bu sayohatchilarni Singapur yoki Xitoyning maxsus ma’muriy hududi bo‘lgan Gonkong orqali uchishga majbur qilgan. Bundan tashqari, 2020 yil may oyida Galvan daryosi yaqinida ikki davlat harbiylari o‘rtasida yuz bergan to‘qnashuvlardan so‘ng Hindiston va Xitoy munosabatlarining sovuqlashuvi ham aviaqatnovlarga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Xitoy Hindiston aviaqatnov COVID IndiGo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing