Holand yana Norvegiyada “Yilning eng yaxshi futbolchisi” bo‘ldi

Sport

image

Norvegiya terma jamoasi va “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand ketma-ket 6-marta Norvegiyada “Yilning eng yaxshi futbolchisi” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘tgan yil juda qiziqarli o‘tdi va ko‘p muhim voqealar sodir bo‘ldi. Jahon chempionatiga saralash esa men uchun eng muhim lahzalardan biri bo‘ldi. Shu jarayonning bir qismi bo‘lish va natijaga erishish juda ajoyib. Shu sababli bu mening uchun katta yutuq va biz bundan nihoyatda xursandmiz”, deydi Holand.

25 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda klub safida barcha musobaqalarda 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urgan. Shuningdek, u 2025 yilda Norvegiya terma jamoasi safida 9 ta o‘yinda 17 ta gol bilan jamoani 2026 yilgi Jahon chempionatiga olib chiqishga yordam berdi. 

Shuningdek, ayollar toifasida esa “Barselona” futbolchisi Karoline Hansen Norvegiyaning “Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi” deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

Norvegiya Erling Holand “Manchester Siti”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing