Husanov gol urgan o‘yinda “Manchester Siti” g‘alaba qozondi (video)
Sport
−
08 fevral 2025 21026 1 daqiqa
Angliya kubogi 4-raundi doirasida “Manchester Siti” “Leyton” mehmoni bo‘ldi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda ikkinchi taymda zaxiradan tushgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 56-daqiqada gol urib, hisobni tenglashtirdi.
Uchrashuvda dastlab birinchi taymning 16-daqiqasida mezbonlar futbolchisi Donlining uzoq masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin to‘p Ortegaga tegib darvozadan o‘rin oldi. Ikkinchi taym boshida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Husanov 56-daqiqada Riko Lyuisning zarbasidan keyin bosh aralash yelka bilan gol urdi. Aniqrog‘i, Lyuisning zarbasidan keyin to‘p Husanovga tegib darvozadan joy oldi. 79-daqiqada yana bir zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan futbolchi De Bryuyne Grilishning uzatmasidan so‘ng, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakunida hisob boshqa o‘zgarmadi va shu tariqa, “shaharliklar” Angliya kubogi keyingi bosqichiga yo‘l oldi.
Ma’lumot o‘rnida, “Manchester Siti” o‘zining navbatdagi o‘yinini 12 fevralga o‘tar kechasi Chempionlar ligasi doirasida “Real Madrid”ga qarshi o‘tkazadi.
Live
Barchasi