Messi JCHning eng yaxshi to‘purariga aylandi
Sport
−
17 iyun 2895 1 daqiqa
Bugun, 17 iyun kuni Argentina terma jamoasi hujumchisi va sardori Lionel Messi 2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Jazoirga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etdi. Shu orqali Messi mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida yetakchiga aylandi.
Messi uchrashuvning 17, 60 va 76-daqiqalarda gol urdi. Shu tariqa uning Jahon chempionatlaridagi jami gollari soni 16 taga yetdi. Mundiallar tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasining sobiq hujumchisi Miroslav Kloze ham 16 ta gol bilan egallab turibdi. Shu tariqa Argentina terma jamoasi 1-turdan so‘ng “J” guruhi yetakchisiga aylandi.
Endilikda amaldagi chempionlar navbatdagi uchrashuvini joriy yilning 22 iyun kuni Avstriyaga qarshi o‘tkazadi. Jazoir terma jamoasi esa 23 iyun kuni Iordaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Messi faoliyati davomida Jahon chempioni (2022), Jahon chempionati finalchisi (2014), Olimpiya chempioni (2008) hamda ikki karra Kopa Amerika g‘olibi (2021, 2024) bo‘lgan. Shuningdek, u sakkiz marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lib, mazkur mukofotni eng ko‘p qo‘lga kiritgan futbolchi hisoblanadi.
Live
Barchasi