20 dan ortiq bolani Damas’da tashigan haydovchilar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Jomboy tumanida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan Damas saloniga 24 va 28 nafar bolani mindirib harakatlanyotgan ikki haydovchi aniqlandi. Bu haqda viloyatning Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar qildi.

Manbada aytilishicha, Jomboy tumanida haydovchi 24 nafar bolani har kuni o‘zining Damas avtomashinasida maktabgacha ta’lim muassasasiga tashish bilan shug‘ullangan. Avtoulovdagi bolalar ham buni tasdiqlagan. 

Xuddi shunga o‘xshash holat yana boshqa haydovchi bilan ham sodir bo‘lgan. Bunisi esa 28 nafar bolani avtomobiliga mindirib ketyotganda xodimlar tomonidan to‘xtatilgan.

Holat yuzasidan haydovchilarga tegishli ma’muriy bayonnoma tuzilib, avtomobillari jarima maydonchasiga olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Nurota tumanida 14 nafar bolani olib ketyotgan Matiz avtohalokatga uchragani xabar qilingan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand Jomboy tumani haydovchilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing