Samarqandda shifokorlarning xatosi ortidan sunnat qilingan ikki bola vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida sunnat qilingan ikki bola vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea shu yilning 22 mart kuni Ishtixon tumanidagi tibbiyot birlashmasida sodir bo‘lgan. 2021 yilda tug‘ilgan bola tuman tibbiyot birlashmasida 22 mart kuni sunnat (sirkumsiziya) qilingan, biroq jarrohlik amaliyoti to‘laqonli o‘tkazilmagani sababli bolakay 27 mart kuni tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan. Uning otasi aybdorlarga nisbatan jazo qo‘llashni talab qilgan.

Bundan tashqari, tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari tomonidan 3 aprel kuni “Yo‘g‘ontepa” mahallasida yashovchi 2024 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan yana bir bola sunnat (sirkumsiziya) qilingan.

Biroq, u ham jarohati bitmasdan 8 aprel kuni tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holatlar yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida bolalarning vafot etgani holatlari yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi shifokorlari va boshqalarning qilmishiga yuzlashtirish, eksgumatsiya qilish (murdani ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish maqsadida uni qabrdan chiqarib olish) va boshqa bir qator tergov harakatlari o‘tkazgan holda baho berish lozimligini inobatga olib, 2 may kuni Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 116-moddasi (kasb yuzasidan o‘z vazifalarini lozim darajada bajarmaslik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Ishtixon tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda va natijasiga ko‘ra, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning avgust oyida xususiy klinikada 9 yoshli bola burun sohasidagi jarrohlik amaliyotidan keyin vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sunnat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing