200 ta jasad va yaradorlar: Eron AQSHning 14 ta bazasiga zarba berdi (video)

Olam

image

Bugun, 28 aprel kuni Eronning Yaqin Sharqdagi Amerika harbiy ob’ektlariga yo‘llagan raketa zarbalari AQSH armiyasi shaxsiy tarkibi orasida ommaviy talofatlarga olib keldi. Bu haqda Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi bayonot berdi.

Bayonotga ko‘ra, Tehronning javob hujumi oqibatida Amerika bo‘linmalari yuzlab odamlarini yo‘qotgan.

“Kamida 200 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi va yaralandi”, deya korpus qo‘mondonligining rasmiy xabaridan iqtibos keltirmoqda Eronning “Tasnim” nashri.

Manbalarga ko‘ra, Eron Yaqin Sharqdagi AQSHning 14 ta harbiy bazasiga hujum qilgan.

Tehronga ko‘ra, Amerika va Isroil snaryadlarining sezilarli qismi o‘z nishoniga yetib bormasdan, Iroq va Fors ko‘rfazi mamlakatlarining cho‘l hamda shahar hududlariga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Quvayt xalqaro aeroporti Eron dronlari hujumiga uchragani, oqibatda bir necha xodim jarohat olgani haqida xabar berilgan edi.

AQSH–Isroil–Eron urushi

Bugun, 28 fevral kuni Isroil kutilmagan vaqtda Eronga qarata havodan zarbalar yo‘lladi. Ushbu zarbalar Eronning muhim ob’ektlari – Prezident qarorgohi, davlat idoralari va yadro inshootlariga tekkani iddao qilinmoqda. Eronning “Mehr” axborot agentligi Tehrondagi Eron razvedka binosiga ham hujum qilinganini yozgan. Isroil tomonidan start berilgan operatsiya “Yehuda qalqoni” deb nomlangan. Dastlabki manbalarga ko‘ra, Eronga o‘ttizdan ortiq raketalar yo‘llangan bo‘lishi mumkin.

Oradan biroz vaqt o‘tib Isroil Mudofaa kuchlari Eronga hujumni rasman tasdiqlagan. Shuningdek, Mudofaa vazirligi Isroil fuqarolaridan xavfsiz joyga yashirinishni so‘ragan. Mamlakatda shoshilinch ravishda favqulodda holat e’lon qilingan.

Shu orada AQSH Prezidenti Donald Tramp Eron bo‘yicha operatsiyalar haqida 8 daqiqalik bayonot bergan va unda Eronga qilingan hujumda AQSHning ishtirok etganini tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, Eronga qilingan harbiy opreatsiyalar Amerika xalqini himoya qilish uchun amalga oshirilmoqda. U o‘z bayonotida eronliklarni amaldagi tuzumni ag‘darishga chaqirgan. Tramp Eron harbiy xizmatchilariga taslim bo‘lishni va buning evaziga «immunitet» olishni taklif qildi yoki “muqarrar o‘lim”ni tanlashlari mumkinligini aytgan.

Qolaversa, barcha voqealarni bir chetdan kuzatib turgan Eron sobiq valiahd shahzodasi Rizo Pahlaviy ham Eron xalqiga murojaat qilib, mamlakat uchun hal qiluvchi lahzalar kelganini ta’kidlagan. Shuningdek, u bu so‘nggi jang ekanini va unfda Eron xalqi Islom Respublikasi tuzumi ustidan g‘alaba qozonishini ta’kidlagan.

Oradan ko‘p vaqt o‘tmay endi Eron Isroil davlati hududiga qarata zarba yo‘llashni boshladi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham hujumlarni tasdiqlab, bayonot bergan. Unga ko‘ra, Isroil va AQSHning Eronga qarshi qo‘shma operatsiyasi Eron terror rejimi keltirib chiqarayotgan tahdidni bartaraf etishga qaratilgan. Netanyaxu maxsus murojaatida so‘nggi 47 yil davomida Eron rahbariyati Isroil va AQSHga qarshi ochiq tahdidlar qilgan hamda mintaqada zo‘ravonlik siyosatini yuritganini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron AQSh–Isroil–Eron urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing