FIFA Eronni JCHda o‘ynashdan bosh tortgani uchun jazolashi mumkin
Sport
−
12 mart 3220 1 daqiqa
Eron terma jamoasi 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortgani uchun 320 ming dollar miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda “Sport bible” xabar berdi.
Kecha, 11 mart kuni Eron sport vaziri Ahmad Donyamali terma jamoa turnirda qatnasha olmasligini ma’lum qildi. FIFA qoidalariga ko‘ra, musobaqa boshlanishidan 30 kundan kam vaqt qolganda turnirdan chiqish 250 ming Shveysariya franki (taxminan 320 ming dollar) miqdoridagi jarimaga sabab bo‘ladi.
Biroq shunga qaramay Eronni mundialni tark etishi hali rasman o‘z tasdig‘ini topmadi. Hozircha faqat vazirlik va federatsiya rasmiylari bu haqida gapirmoqda. FIFA ham holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirmagan.
Eron terma jamoasi Jahon chempionatiga yo‘llanma olgan va ular “G” guruhida Belgiya, Misr hamda Yangi Zelandiya bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Ushbu uchrashuvlarning barchasi AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Eron o‘rniga qaysi jamoa turnirda qatnashishi masalasi hozircha ochiq qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron futbol federatsiyasi prezidenti Mehdi Toj Eron terma jamoasi 2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Live
Barchasi