2025 yilda Saudiyaga borgan o‘zbekistonliklar soni 71 foizga oshdi

Jamiyat

image

2025 yilda Saudiya Arabistoniga borgan o‘zbekistonliklar soni oshdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2025 yilda 366 251 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Saudiya Arabistoniga safar qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 163 ming nafarga yoki 71 foizga oshgan.

Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha:

  • sayohat – 197,9 ming nafar;
  • qarindoshlarni yo‘qlash – 38,2 ming nafar;
  • davolanish – 924 nafar;
  • xizmat yuzasidan – 66 nafar;

va o‘qish  maqsadida borganlar 31 nafarni tashkil etgan.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

o'zbekistonliklar Saudiya soni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing