28 ta terma jamoa JCHdagi ishtirokini kafolatladi

Sport

image

Keyingi yil AQSH, Kanada va Meksika yashil maydonlarida o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etuvchi 28 ta terma jamoa nomi ma’lum bo‘ldi.

Oktyabr oyida avval Misr, keyin esa Jazoir, Gana, Kabo-Verde, JAR, Qatar, Angliya, Saudiya Arabistoni, Kot-d’Ivuar va Senegal terma jamoalari mundialga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Sentyabr oyida Urugvay, Kolumbiya va Paragvay, shuningdek, Marokash va Tunis terma jamoalari mazkur yirik turnirdagi ishtirokini kafolatlagan edi.

Avvalroq Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, O‘zbekiston, Koreya, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador va Braziliya terma jamoalari saralash bosqichidan o‘tib, Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qilgan edi. AQSH, Kanada va Meksika terma jamoalari esa turnirda mezbon sifatida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, musobaqada jami 48 ta jamoa qatnashadi. Turnir kelasi yilning 11 iyunidan 19 iyuligacha bo‘lib o‘tadi.

Jahongir Inomjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh futbol Jahon chempionati Meksika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing