3 nafar markaziy osiyolik AQSHda ashaddiy jinoyatchilar qatoriga kirdi
Olam
−
26 dekabr 2025 9218 1 daqiqa
AQSH Ichki xavfsizlik departamenti “eng yomonlarning eng yomoni” deb topilgan chet ellik jinoyatchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida uch nafar Qozog‘iston fuqarosi ham bor. Bu haqda Ichki xavfsizlik departamenti saytida keltirilgan.
Ro‘yxatda mamlakatning Immigratsiya va bojxona politsiyasi tomonidan qo‘lga olingan eng xavfli chet ellik jinoyatchilar ajratib ko‘rsatilgan.

“Vazir o‘rinbosari Noem rahbarligida DHS va ICE xodimlari Prezident Trampning va’dasini bajarib, eng xavfli jinoyatchilardan, jumladan noqonuniy muhojirlardan boshlab ommaviy deportatsiyalarni amalga oshirmoqda”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Ro‘yxatda qozog‘istonlik uch kishi qayd etilgan. Ulardan biri Alabama shtatining Brukvud shahrida qo‘lga olinib, hujum qilish va o‘g‘irlangan mulkni egallashda aybdor deb topilgan. Ikkinchisi Florida shtatida o‘g‘rilik uchun, uchinchisi esa Oregon shtatida qurol qo‘llagan holda hujum qilganlik uchun hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp AQSHga kirishni Suriya va yana bir qator davlatlar fuqarolari uchun taqiqlagandi. Hujjatga ko‘ra, yangi cheklovlar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi va jami 20 ta mamlakat hamda hududni qamrab oladi, shu bilan avvalgi ro‘yxat ikki barobarga kengaygan.
Live
Barchasi