“3872 bolaning hayoti xavf ostida qolgan”. Kartoshkadek tashilganlar bo‘yicha ma’lumot berildi (video)

3-sahifa

image

O‘zbekistonda joriy yilning 1-12 may kunlari oralig‘ida 170 ta holatda yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘lovchi tashish qoidalariga mutlaqo zid ravishda tashish holatlari qayd etildi. Bu haqda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, aniqlangan 170 ta holatda 3872 bolaning hayoti xavf ostida qoldirilgan. Jumladan, Navoiy viloyatidagi 13 nafar tarbiyalanuvchi va bir nafar o‘zining uch oylik farzandini haydovchilik huquqiga ega bo‘lmasdan avtomashina boshqarib, bog‘chaga olib kelayotgan mudira avtohalokat sodir etgan. Oqibatda mudira vafot etib, 14 nafar bola shifoxonaga yotqizilgan.

Buxoroda esa 40 nafar bog‘cha bolasi mast holatdagi haydovchi ixtiyoriga topshirilgan. Sirdaryoda muqaddam haydovchilik huquqidan mahrum etilgan haydovchi maktabgacha ta’lim tashkilotiga xizmat ko‘rsatib, 23 bolani Damas’ga mindirib tashigan.

Namanganda hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan haydovchi 18 nafar bolaning hayotini xavf ostida qoldirib, yo‘lning qarama-qarshi bo‘lagida harakatlanib yurgan vaqtda yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Ta’kidlanishicha, xodimlar bog‘cha mudirasiga bu holatning noqonuniy ekanligini tushuntirganida, tarbiyachining tarbiyaga muhtojligi bilinib qolgan.

Bildirilishicha, nazorat tadbirlari hali davom etadi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston Davlat yo'l harakati xavfsizligi yosh bolalar yo'lovchi tashish qoidalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing