O‘zbekistonga qarshi o‘yin oldidan Kanada mundial uchun tarkibini chiqardi

Sport

image
Joriy yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan Kanada terma jamoasi Jahon chempionati uchun 26 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Kanadaning yakuniy ro‘yxatiga asosiy yulduzlar – Alfonso Devis, Jonatan Devid va boshqa yetakchi futbolchilar kiritilgan.

Kanadaning O‘zbekiston bilan o‘rtoqlik uchrashuvida va mundialda ishtirok etuvchi futbolchilari quyidagicha:

Kanada Jahon chempionatida “B” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, u yerda Bosniya va Gersegovina, Qatar va Shveysariya terma jamoalari bilan raqobatlashadi. Ular mundialni 12 iyun kuni Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

O‘zbekiston va Kanada o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi esa, Toshkent vaqti bilan 2 iyun kuni tonggi soat 06:30 da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fabio Kannavaro ham Jahon chempionati uchun 30 nafar futbolchidan iborat dastlabki tarkibni e’lon qilgan edi. https://qalampir.uz/news/uzbekiston-mundial-uchun-tarkibini-e-lon-k-ildi-video-136788

Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing