39 o‘zbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi
Jamiyat
−
08 Sentabr 6824 1 daqiqa
39 nafar O‘zbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi. Bu haqda AQSHning Toshkentdagi elchixonasi ma’lum qildi.
Kecha, 7 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, AQSHda qonuniy qolish huquqiga ega bo‘lmagan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytargan. Bildirilishicha, ushbu parvoz AQSH chegaralarini mustahkamlash bo‘yicha olib borayotgan harakatlar tizimining navbatdagi qismi hisoblanadi.
“AQSH noqonuniy immigratsiyaga barham berish, mamlakat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qat’iy bel bog‘lagan. AQSHga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi. Amerika Qo‘shma Shtatlari O‘zbekiston hukumatiga AQSHning deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishdagi yaqin hamkorligi uchun o‘zining chuqur minnatdorligini yana bir bor izhor etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida ham AQSH hududida qonuniy asoslarsiz bo‘lib turgan va deportatsiya qilinadigan xorijliklar ro‘yxatiga kiritilgan O‘zbekiston fuqarolari charter reys orqali vatanga qaytarilgandi. Mazkur amaliyot doirasida Nyu-York–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha maxsus charter reysi tashkil etildi. AQSH mazkur amaliyotni tarixiy deb atab, O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.
Live
Barchasi