40 yoshli Noyer “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirdi

Sport

image

Germaniyalik darvozabon Manuel Noyer “Bavariya” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, 40 yoshli futbolchining yangi bitimi 2027 yilning 30 iyunigacha amal qiladi. Shuningdek, uning 37 yoshli o‘rinbosari Sven Ulrayx bilan tuzilgan shartnomasi ham shu muddatgacha uzaytirildi.

“Men bu qaror haqida anchadan beri o‘ylab yurgandim va endi bundan juda xursandman. Bu yerda hammasi joyida: ushbu jamoa bilan istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz. Men har kuni Zebenershtrassega (“Bavariya” klubi mashg‘ulot maydoni) borishdan zavqlanaman va o‘zimni yaxshi his qilyapman”, deydi Noyer.

Ma’lumot uchun, Noyer 2011 yilning yozidan beri “Bavariya” safida to‘p surib kelmoqda. U 2017 yildan beri jamoa sardori hisoblanadi. Tajribali darvozabon klub bilan ikki bor trebl qayd etgan bo‘lib, 2013 va 2020 yillarda Chempionlar ligasini, shuningdek, 13 marta Germaniya chempionligi, 6 bor Germaniya Kubogi va 8 bor Germaniya Superkubogi sohibiga aylangan. Noyer myunxenliklar safida jami 597 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Germaniya terma jamoasi safida rekord darajadagi 124 ta o‘yin o‘tkazgan va 2014-yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma Manuel' Noyer Myunxen “Bavariya”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing