“Manchester Siti” Rodriga yangi shartnoma taklif qildi
Sport
−
03 aprel 2334 1 daqiqa
Angliyaning “Manchester Siti” klubi jamoa yarim himoyachisi Rodriga yangi shartnoma taklif qildi. Bu haqida jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Rodrining kelajagi bo‘yicha yakuniy qarorni o‘zi qabul qiladi. Bu jarayonda uning oilasi ham muhim rol o‘ynashi aytilmoqda.
Agar Rodri “Manchester Siti ”taklif etgan yangi bitimni rad etsa, klub uni joriy yil yozda katta mablag‘ evaziga sotishga tayyor bo‘ladi. Aks holda, futbolchi 2027 yilda erkin agent sifatida jamoani tark etishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq futbolchiga “Real Madrid” va “Pari Sen-Jermen” jamoalari jiddiy qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi 2019 yildan beri “Manchester Siti” safida to‘p tepib keladi va shu vaqt ichida jamoa bilan bir bor Yevropa Chempionlar ligasi va Yevropa Superkubogi, olti bor Angliya Premer-ligasi, bir bor Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati va yana qator ichki kuboklarni qo‘lga kiritgan.
Ramazon Usanov