MYU Kerrikka doimiy shartnoma taklif qilmoqchi

Sport

image

“Manchester Yunayted” jamoa bosh murabbiyi Maykl Kerrikka doimiy shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “The Guardian” nashrining xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Kerrik hozircha klub direktorlar kengashi bilan o‘z kelajagi borasida muzokara olib bormagan. Biroq sport direktori Jeyson Uilkoks va bosh ijrochi direktor Omar Berrada murabbiyning faoliyatidan mamnun.

Kerrik joriy yilning yanvar oyida jamoa boshqaruvini qo‘lga olganidan buyon “Manchester Yunayted” Premer-ligadagi 14 uchrashuvning 10 tasida g‘alaba qozondi hamda muddatidan oldin UEFA Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, klub rahbariyati Kerrikning jamoa futbolchilari va kiyinish xonasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganidan ham xabardor. Shu sababli, “qizil iblislar” mavsum yakunlangach, Kerrikka doimiy shartnoma taklif qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” ayni damda Premer-liga turnir jadvalida 64 ochko jamg‘argan holda 3 pog‘onani egallab turibdi. Mavsum yakunlanishiga 3 tur qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

shartnoma MYu Kerrikka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing