5 nafar o‘zbekistonlik bokschi jahon chempionatida finalga chiqdi

Sport

image

Kecha, 12 sentyabr Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha dunyo birinchiligida O‘zbekiston terma jamoasining 8 nafar a’zosi ringga ko‘tarilib, ularning 7 tasi g‘alabaga erishdi. Shulardan 5 nafari final bosqichiga yo‘l oldi.

Chorak finallar:

-48 kg: Sabina Boboqulova – Jovanna Marchese (Italiya) 5:0

-50 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Soushi Makino (Yaponiya) 2:3

-85 kg: Akmaljon Isroilov – Rikardo Fresneda (Ispaniya) 5:0.

Yarim finallar:

-65 kg: Navbahor Hamidova – Niyen-Chin (Xitoy Taypeyi) 3:2

-60 kg: Abdumalik Xalokov – Shunsuke Kitamoto (Yaponiya) 5:0

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev – Saidjamshid Jafarov (Ozarbayjon) 4:1

-90 kg: To‘rabek Habibullayev – Enmanuyel Reyes Pla (Ispaniya) 4:1

+90 kg: Jahongir Zokirov – Danabiyeke Bayikevuzi (Xitoy) 5:0.

Bugun, 13 sentyabr kuni yarim final va final janglari tashkil etiladi. Xususan, Fazliddin Erkinboyev bugun jahon chempionligi uchun ringga ko‘tariladi. Shuningdek, yana 6 nafar o‘zbekiston vakili yarim final bahsini o‘tkazadi.

Yarim finallar:

-48 kg: Sabina Boboqulova – Nazim Kizaybay (Qozog‘iston)

-65 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Lasha Guruli (Gruziya)

-80 kg: Javohir Ummataliyev – Gabriel Veochich (Xorvatiya)

-51 kg: Feruza Kazakova – Buse Naz Chakiroglu (Turkiya)

-70 kg: Aziza Zokirova – Lekeisha Pergoliti (Avstraliya)

-85 kg: Akmaljon Isroilov – Mixail Fares (Avstriya)

Final:

-75 kg: Fazliddin Erkinboyev - Kivan Rami (Bolgariya).


Maqola muallifi

Teglar

boks jahon chempionati Liverpul'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing