550 million dollarlik firibgarlik ishi bo‘yicha 35 ta futbol klubi tintuv qilinmoqda

Sport

image

Argentina politsiyasi mamlakatda 550 million dollarlik firibgarlik va korrupsiya bo‘yicha davom etayotgan tergov doirasida milliy futbol federatsiyasi va 35 ta klub ofislarida reyd o‘tkazdi. Bu haqda “Ole” nashri xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, tergovchilar tashrif buyurgan klublar orasida Argentina mashhur jamoalari “Banfild”, “San-Lorenso”, “Rasing” va “Independente” klublari ofislari ham bor. Bulardan tashqari yana bir nechta turli futbol klublari va Argentina futbol assotsiatsiyasi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazilgan.

Xabarlarga ko‘ra, tergovchilar bir nechta klublarga homiylik qiluvchi Sur Finanzas moliyaviy kompaniyasi bilan bog‘liq buxgalteriya ma’lumotlarini qidirmoqda. Kompaniya esa jinoyat sodir etishda gumon qilinyapti.

2024 yili Argentina futbol ligasi va milliy terma jamoaning rasmiy homiysi bo‘lgan Sur Finanzas soliq idoralari tomonidan Argentina pesosida 550 million AQSH dollari ekvivalentiga teng soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyada Istanbul prokuraturasi o‘yinlarga pul tikish mojarosi sababli 46 kishini va yana ikki klub prezidenti ham shu sabab bilan hibsga olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

korruptsiya firibgarlik Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing