6,5 mln dollarlik kriptovalyutani aylantirgan yigit ushlandi (video)
3-sahifa
−
18 aprel 3054 1 daqiqa
Toshkent shahrida 6,5 mln dollar qiymatdagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgan yigit ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mirobod tumanida joylashgan manzilda mazkur jinoiy faoliyatga aloqador bo‘lgan 2003 yilda tug‘ilgan A. ismli shaxs qo‘lga olingan. Shundan so‘ng uning vaqtinchalik yashash manzili ko‘zdan kechirilgan. Uy ichidan bir nechta mobil telefonlar, noutbuk, bank plastik kartalari hamda SIM-karta protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.
Xabarda aytilishicha, gumonlanuvchi mazkur noqonuniy faoliyatni xorijda o‘rganib, O‘zbekiston hududida mustaqil ravishda tashkil etgan. Uning elektron qurilmalari tekshirilganda 2025 yil fevral oyidan 2026 yil mart oyiga qadar u maxsus platforma orqali jami 6,5 million USDT dan ortiq miqdordagi kriptoaktivlarni noqonuniy aylantirgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-8-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 3,5 mlrd so‘mlik noqonuniy kripto aylanmasi fosh etilgan edi.
Shahzoda Shukurullayeva
Live
Barchasi18 aprel