9-sinf o‘quvchisi sinfdoshini yoqib yubordi

Olam

image

Bugun, 20 aprel kuni Ozarbayjonning Baku shahridagi 286-sonli o‘rta maktabda 9-sinf o‘quvchisi sinfdoshi tomonidan yoqib yuborildi. Bu haqda “Oxu.az” xabar berdi.

Qayd etilishicha, 16 yoshli o‘quvchi sinfdoshiga spirt sepib, yondirgich (zajigalka) bilan o‘t qo‘ygan. Holat haqida Respublika tez yordam markaziga ta’lim muassasasidan chaqiruv tushgan. Voqea joyiga yuborilgan tez yordam xizmati 15 yoshli o‘quvchini Narimonov tibbiyot markazidagi kuyish markaziga olib ketgan.

Shifoxonada unga bosh, yuz, bo‘yin, ko‘krakning old va yon qismlari hamda qo‘llarda II–III darajali termik kuyish tashxisi qo‘yilgan. Hozirda bemor jonlantirish bo‘limida davolanmoqda va ahvoli og‘ir deb baholangan.

Hozirda holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati Oq-Suy tumanida 41 yoshli ayol 17 yoshar qizi homilador bo‘lib qolganini ko‘tarolmay, o‘zini yoqib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Baku yoqib yubordi o'quvchisi 9-sinf

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing