Zelenskiy urush boshlanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga bordi
Olam
−
25 aprel 2740 1 daqiqa
Bugun, 25 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy urush boshlanganidan beri ilk bor Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Bu haqda “Report” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Zelenskiy mamlakatga ishchi tashrif bilan kelgan. Uni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Gabala shahrida kutib olgan. Hozirda ikki lider o‘rtasida yakka tartibdagi uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Ta’kidlash joiz, Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan 2022 yilda boshlangan urushdan so‘ng ilk bor Ozarbayjonga bordi. Uning eng so‘nggi tashrifi 2019 yil 16–17 dekabr kunlari amalga oshirilgan edi. O‘shanda Ilhom Aliyev bilan o‘tkazilgan muzokaralarda bir necha muhim kelishuvlarga erishilgan. Har ikki davlat bir-birining hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan: Ozarbayjon Ukraina (Donbass va Qrim) masalasida, Ukraina esa Ozarbayjon (Qorabog‘) masalasida o‘z pozitsiyasini tasdiqlagan.
Energetika sohasida SOCAR kompaniyasining Ukrainadagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Shuningdek, savdo va logistika aloqalarini rivojlantirish, Ukrainada Ozarbayjon savdo uyini ochish masalalari muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin va Zelenskiy uchrashuvi qachon o‘tkazilishi haqida xabar berilgandi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi uchrashuv faqat oldindan kelishuvlar tayyor bo‘lgandagina o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Live
Barchasi