A Seriyada tarixdagi eng tez penalti belgilandi
Sport
−
25 noyabr 2249 1 daqiqa
Kecha, 24 noyabr kuni A Seriya 12-turi doirasida “Piza” va “Sassuolo” jamoalari o‘zaro to‘qnash keldi. O‘yin boshlangandan atigi 5 soniya o‘tib, Idrissa Ture jarima maydonida qoidabuzarlikka uchradi. Bu holat A Seriyada eng tezkor penalti sifatida tarixga kirdi. Bu haqda “Lazio press” nashri xabar berdi.
Voqea o‘yinning dastlabki 5-soniyasida sodir bo‘lgan jarima maydonchasi ichidagi qoidabuzarlik bilan bog‘liq bo‘lsa-da, keyinchalik uchrashuv bosh hakami tomonidan ushbu vaziyat VAR orqali tekshirtirildi va penalti belgilandi. Shu sababli,d penalti rasmiy ravishda o‘yinning 4-daqiqasida amalga oshirildi. Shundan so‘ng M’Bala Nzola 11 metrlik jarima topidan unumli foydalanib, “Piza” jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shu tariqa, M’Bala Nzola tomonidan kiritilgan gol Italiya oliy divizioni tarixidagi eng tezkor penalti sifatida qayd etildi. Uchrashuv yakunida esa 2:2 hisobidagi jangovar durrang qayd etildi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.
Ma’lumot uchun, Italiya A Seriyasi 12-turdan so‘ng “Roma” jamoasi 27 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Massimiliano Allegri boshchiligidagi “Milan” jamoasi 25 ochko bilan 2-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Napoli” klubi 25 ochko bilan kuchli uchlikdan o‘rin egallagan.
Live
Barchasi