A Seriyada yilning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Sport

image

Kecha, 1 dekabr kuni  Milanda A Seriyaning eng yaxshilarini aniqlovchi Gran Gala del Calcio marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda “Napoli” jamoasining yarim himoyachisi Skott Maktominey “Yil futbolchisi” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda “Sports” nashri xabar berdi.

Milanda bo‘lib o‘tgan taqdirlashda “Napoli” yarim himoyachisi Skott Maktominey A Seriyaning yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan bo‘lsa, klub bosh murabbiyi Antonio Konte esa mavsumning eng yaxshi murabbiyi sifatida tan olindi.

Chempionlik poygasi “Inter” va “Napoli” o‘rtasida kechganini inobatga olsak, yilning ramziy jamoasida ham aynan shu ikki klub futbolchilari ustunlik qildi. 

Shuningdek, eng yaxshi 11 talikka A Seriyani tark etgan ikkita futbolchi Tidjani Reynders hamda Mateo Retegi ham kiritildi. Reynders yozgi transfer oynasida “Milan”dan Angliyaning “Manchester Citi” jamoasi safiga borib qo‘shilgan bo‘lsa, Retegi esa “Atalanta”dan Saudiya Arabistonining “Al-Qodsiya” safiga o‘tgan edi.

A Seriya 2025 yil ramziy jamoasi: Darvozabon: Svilar (“Roma”). 

Himoya: Dumfris (“Inter”), Rrahmani (“Napoli”), Bastoni (“Inter”), Dimarko (“Inter”). 

Yarim himoya: Maktominey (“Napoli”), Barella (“Inter”), Reynders (“Milan”). 

Hujum: Lautaro Martines (“Inter”), Kin (“Fiorentina”), Retegi (“Atalanta”).


Maqola muallifi

Teglar

Antonio Konte A Seriya Skott Maktominey

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing