A Seriyaning eng qimmat futbolchisi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Transfermarkt portali Italiya A Seriyasi futbolchilarining bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko‘ra, “Inter” klubi argentinalik futbolchisi Lautaro Martinesning narxi 85 million yevroga baholanib, liganing eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi.

Ixtisoslashtirilgan futbol sayti futbolchilarning bozor qiymatini yangilaganidan so‘ng, Lautaro Martines A Seriyaning eng qimmat futbolchisi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinlarni 80 million yevro bilan “Inter”ning yana bir futbolchisi Alessandro Bastoni egallab turibdi. “Yuventus”ning turkiyalik vingeri Kenan Yildiz esa 75 million yevro bilan bu ro‘yxatda 3-o‘rinda bormoqda.

Transfermarkt’ga ko‘ra, hozirda “Inter” klubi bozor qiymati 670 million yevro bilan A Seriyaning eng qimmat jamoasi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinda esa 551 million yevro bilan “Yuventus” jamoasi bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq transfermarkt portali Eron Pro ligasi futbolchilarning bozor qiymatlarini yangilagandan so‘ng O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Persepolis” klubi futbolchisi Oston O‘runov Eron chempionatining eng qimmat futbolchisiga aylangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Italiya A Seriya Lautaro Martines Transfermarkt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing