Abduqodir Shekspirdek gapirmaydi, lekin yaxshilanib bormoqda – Gvardiola
Sport
−
10 fevral 1594 1 daqiqa
“Manchester Citi” jamoasining bosh murabbiyi Pep Gvardiola klubning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanovning o‘yini va ingliz tilida gapirish darajasi haqida so‘z ochdi. Bu haqda ispaniyalik mutaxassis “Fulxem”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
“Manchester Citi” Husanov bilan ko‘p yillik katta iste’dodga ega bo‘ldi. Uning ingliz tilida gapirishiga to‘xtaladigan bo‘lsam, u Uilyam Shekspirdek so‘zlamaydi, lekin kundan kunga yaxshilanib bormoqda. Juda aqlli. Jismonan kuchli, tez… va har doim to‘g‘ri pozitsiyalarda bo‘ladi”, deydi “shaharliklar” bosh murabbiyi.
Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” chempionatdagi ochkolarini 50 taga yetkazib, turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonning “Arsenal” jamoasi esa 56 ochko bilan peshqadamlikni saqlab qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist Jeronimo Morgans Abduqodir Husanovni “Liverpul”ga qarshi o‘yinini yuqori baholab, fidoyiligini po‘latdan yasalgan odamga qiyoslagandi.