Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi
Olam
−
30 Sentabr 9293 1 daqiqa
Kecha, 29 sentyabr kunidan boshlab Afg‘onistonda internet butunlay o‘chirildi. Bu haqda xalqaro internet monitoring xizmati “NetBlocks” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatda “Tolibon” muvaqqat hukumati “axloqni saqlash” siyosati doirasida bunday chorani ko‘rgan.
“Afg‘oniston hozir internetdan to‘liq uzilgan holda, chunki “Tolibon” hukumati axloqiy normalarga rioya qilish chorasini ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, telefon aloqasi ham izdan chiqqani bildirilgan.
OAVga ko‘ra, bu hodisa 2021 yil avgustidan, ya’ni “Tolibon” hokimiyatni egallaganidan beri birinchi marta yuz bermoqda.

Qayd etish joiz, sentyabr oyining o‘rtalarida “Tolibon” “axloqni muhofaza qilish” bahonasida Afg‘oniston shimolida optik tolali internetni o‘chirib qo‘ygan edi. Hukumat vakillari buni “buzuqlikning oldini olish” bilan izohlagan.
O‘shanda faqat Balx viloyatida internet o‘chirilgani aytilgan, biroq OAV Afg‘onistonning yana to‘rtta viloyatida ham shu kabi holatlar kuzatilganini yozgan. “Tolibon” esa unga izoh bermagan.
Internet o‘chirilishi ortidan ko‘plab viloyatlar va yirik shaharlardagi hukumat idoralari, uy xo‘jaliklari va xususiy korxonalar Wi-Fi’dan mahrum bo‘lgan. Shunga qaramay, o‘sha paytda mobil internet ishlashda davom etayotgani bildirilgandi.
Live
Barchasi