Afrikada yilning eng yaxshi futbolchisi uchun nomzodlar e’lon qilindi

Sport

image

Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) 2025 yilgi Afrikaning eng yaxshi futbolchisi mukofoti uchun finalga chiqqan o‘nta nomzod ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida Ashraf Hakimi va Muhammad Saloh ham bor. Bu haqda CAF rasmiy sayti xabar berdi.

Nomzodlar orasida “Pari Sen-Jermen” himoyachisi Ashraf Hakimi, “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh, “Borussiya Dortmund” forvardi Serxu Girassi hamda “Galatasaroy” hujumchisi Viktor Osimxen kabi yulduzlar bor, ammo Italiyaning “Atalanta” jamoasi futbolchisi Ademola Lukman bu safar ro‘yxatga kiritilmagan.

Qolgan nomzodlar quyidagilar:

Andre Zambo-Angissa (“Napoli”, Kamerun);

Deni Buanga (“Los-Anjeles FC”, Gabon);

Pape Matar Sarr (“Tottenxem”, Senegal);

Fiston Mayele (“Piramidz”, Kongo DR);

Usama Lamliui (“Renessans Berkan”, Marokash);

Iliman Ndiay (“Everton”, Senegal).

CAF ma’lumotiga ko‘ra, mukofotlar 2025 yil 6 yanvardan 15 oktyabrgacha bo‘lgan davrdagi o‘yinlar natijalariga asoslanadi. G‘oliblar CAF texnik va rivojlanish qo‘mitasi, tajribali murabbiylar, futbol afsonalari hamda tanlangan OAV vakillaridan iborat hay’at ovozi bilan aniqlanadi.

 Ma’lumot uchun, nigeriyalik hujumchi Ademola Lukman 2024 yilda Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Muhammad Saloh Ashraf Hakimi CAF

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing