AQSH o‘z fuqarolarini Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi
Olam
−
22 aprel 8697 1 daqiqa
AQSH Davlat departamenti mamlakatda aviaqatnovlar qisman tiklanganiga qaramay, amerikaliklarni Eronni zudlik bilan tark etishga chaqirdi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar berdi.
“AQSH fuqarolari Eronni zudlik bilan tark etishlari, mahalliy OAV yangiliklarini kuzatib borishlari va Erondan chiqib ketuvchi reyslar haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun tijorat aviatashuvchilariga murojaat qilishlari lozim”, deyiladi AQSH Davlat departamenti xabarida.
Mahkamaning aniqlik kiritishicha, Eronni nafaqat havo yo‘llari, balki quruqlik orqali – Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya yoki Turkmaniston orqali ham tark etish mumkin. Shu bilan birga, joriy yilning 18 aprel kuni Eron rasmiylari havo hududi qisman ochilgani va mamlakat sharqida parvozlar tiklanganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oq uy rahbari muzokaralar yakunlangunga qadar Eron bilan sulh muddatini uzaytirgani, shuningdek, AQSH Eron portlari blokadasini davom ettirishi xabar qilingan edi. Keyinchalik Tramp Eronga tinchlik muzokaralariga qaytish uchun bir necha kun vaqt bergani ma’lum bo‘ldi.
Live
Barchasi