AQSH Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi

Olam

image

AQSH Afg‘oniston fuqarolariga viza berishni to‘xtatdi. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Marko Rubio o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston pasportiga ega bo‘lgan shaxslar uchun kirish vizalarini berishni vaqtincha to‘xtatmoqda.

“Davlat departamenti Afg‘oniston pasporti bilan sayohat qilayotgan shaxslarga viza berishni darhol to‘xtatadi”, deb yozdi u.

U Davlat departamenti AQSHning milliy xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rayotganini qayd etgan.

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati (USCIS) direktori Jozef Edlou esa o‘z navbatida muhojirlarga boshpana berish bo‘yicha qarorlar har bir ariza beruvchi eng yuqori darajada tekshirilmaguncha to‘xtatilganini ma’lum qilgan.

“USCIS boshpana berish haqidagi barcha qarorlarni to‘xtatdi. Har bir xorijiy fuqaro imkon qadar to‘liq tekshiruvdan o‘tgunga qadar qaror chiqarilmaydi. Amerika xalqining xavfsizligi har doim birinchi o‘rinda”, deb yozdi u X tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 noyabr kuni AQSHning Vashington shahrida, Oq uydan uncha uzoq bo‘lmagan hududda ikki nafar Milliy gvardiya xizmatchisi otib ketilgandi. Keyinroq esa otishmani uyutirgan shaxs afg‘onistonlik ekani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu hodisa ortidan mamlakat Prezidenti Donald Tramp “tashvishga sabab bo‘luvchi davlatdan kelgan har bir chet ellikning yashash kartasini to‘liq va puxta qayta tekshirish” topshirig‘ini berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston AQSh viza

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing