Vengriya AQSHdan gaz oladi
Olam
−
11:27 1560 1 daqiqa
Vengriyada har yili AQSHdan 400 million kubometr suyultirilgan tabiiy gaz (LNG) olishini nazarda tutuvchi besh yillik shartnoma imzolandi. Bu haqda Vengriya Tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto X ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.
Shartnoma doirasida keyingi besh yil ichida Vengriya umumiy 2 milliard kubometr LNG oladi. Vengriya tashqi energiya manbalarini ko‘proq sotuvchilardan, yo‘llar orqali va qulay narxda sotib olishni maqsad qilgan.
Hozirda mamlakat yiliga taxminan 8 milliard kubometr gazni Rossiyadan “Turk oqimi” orqali oladi. Shuningdek, AQSH Vengriyaga Rossiya neft va gazini sotib olishga qo‘yilgan sanksiyalardan cheklanmagan erkinlik bergan. Yevropa Ittifoqi esa REPowerEU rejasi doirasida 2027 yilga qadar Rossiyadan gaz importini bosqichma-bosqich to‘xtatishni rejalashtirmoqda, qisqa muddatli shartnomalar uchun esa bu taqiq 2026 yilning aprelidan LNG, iyunidan esa quvur orqali gazga tatbiq qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi davlatlarining Energetika vazirlari ittifoqqa a’zo barcha mamlakatlarni Rossiya gazidan voz kechishini nazarda tutuvchi loyihani avtomatik tarzda ma’qullashi kutilayotgani haqida xabar berilgandi. Rossiya gazini yetkazib berishni to‘liq taqiqlashga oid qonun loyihasi Vengriya va Slovakiya qarshiligiga qaramasdan avtomatik ravishda ma’qullanadi.
Live
Barchasi